| Главная » Статьи » Sherlar | [ Добавить статью ] |
| Men dunyoga kelgan kunimda, Shodligidan yig'lagan otam. Kimni ko'rsa, suyunchi berib. Yeru-ko'kka sig'magan otam! Tengdoshlari o'rtaga olib, Choponing yech deyishganida Do'stlar uchun buni ham ko'rib, Choyxonada osh bergan otam! Oilada men o'zim tanho, Boshqa farzand bermadi Xudo. Ammo ojiz onajonimga Umid bilan termulgan otam. Men bolakay, onam nogiron, Oson emas ro'zg'or tebratish. Ketmon chopib erta-kech, bizga Halol oshu non bergan otam. Yillar o'tdi bir-birin quvib, Qarang bugun men ham otaman. Onam bilan shodon o'tirib, Nabirasin ko'p quchgan otam. Ota-onam keksaygan chog'i Men ham belni bog'ladim mahkam. Kecha-kunduz parvona bo'ldim, Orzulari ushalgan otam. Oilada men yolg'iz farzand, O'ksimadi otam bitta deb. Suyib, quchib nabiralarin, Haq amriga tan bergan otam! | |
| Просмотров: 187 | Рейтинг: 5.0/1 |
| Всего комментариев: 0 | |




Izohlar: 290









