:
Sen borsan

Yuragimga in qurdi bir his
Ketolmadim uni tark etib
O’tli tig’dek yuragim tilar
Ruhim uchar ko’klarga yetib

Gulim- meni sevmaganingda
Zulmat aro kezardim yolg’iz
Yengolmasdim hayot g’amlarin
Yo’qolardim borliqdan izsiz

NAQORAT:
Sen borsan- bor orzularim
Sen borsan- bor hayollarim
Yuragim tubidagi, sevgingdan umidlarim
Sen borsan- bor mening o’zim

So’zlashaman yulduzlar bilan
Sog’inch meni etadi abgor
Mehring sari talpinar yurak
Ayt senday qiz qayda bor

Tabassuming eslaganimda
Ko’z o’ngimda bo’lasan sen paydo
Gulim seni sog’inganimda
Senga qayta bo’laman shaydo

NAQORAT:
Sen borsan- bor orzularim
Sen borsan- bor hayollarim
Yuragim tubidagi, sevgingdan umidlarim
Sen borsan- bor mening o’zim